» » Argentina Senati abortni qonuniylashtirishdan bosh tortdi

Argentina Senati abortni qonuniylashtirishdan bosh tortdi


Argentina Senati ko‘p soat davom etgan munozaralardan so‘ng 8-avgust kuni homiladorlikning 14 haftalikkacha bo‘lgan muddatida abort qildirish imkonini beruvchi qonun loyihasiga qarshi ovoz berdi, deb yozadi Meduza.

38 senator qarshi ovoz berdi, 31 nafari esa yoqlab chiqdi. Endi qonun loyihasini 2019-yildagina qaytadan ko‘rib chiqishga yo‘naltirish mumkin.

Hozirda Argentinada ayol zo‘rlangan bo‘lsa yoki homiladorlik uning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirsagina abort qildirishga ruxsat beriladi.

Avvalroq abortlarni qonuniylashtiruvchi qonun loyihasi Argentina parlamentining quyi palatasi tomonidan ma’qullangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют