» » “Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan”. Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 1,5 trln so‘m poytaxt ixtiyorida qoldirilishini e’lon qildi

“Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan”. Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 1,5 trln so‘m poytaxt ixtiyorida qoldirilishini e’lon qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Shayxontohur tumani iqtisodiyotini rivojlantirish, uy-joy-kommunal sohadagi muammolarni hal qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun respublika byudjetidan yetarli mablag‘ ajratilmoqda. Prognozdan oshgan soliq tushumlari mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirilib, ularni sarflash bo‘yicha mahalliy hokimliklarga keng vakolatlar berilmoqda.

Masalan, 2018-yilda Toshkent shahrida prognozga nisbatan 2 trillion so‘mga ko‘p soliq tushib, mahalliy byudjetda 1,5 trillion so‘mi qolishi kutilmoqda. Bu 2017-yilga nisbatan 10 barobar ko‘pdir.

Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan. Biz nega 1,5 trillion so‘mni shaharning o‘zida qoldiryapmiz? To‘planib qolgan muammolarni hal qilish uchun, odamlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, uy-joylar, bog‘chalar qurish, ish o‘rinlari yaratish uchun. Endi joylardagi rahbarlar ham o‘zini qiynashi, sadoqat bilan ishlashi kerak. Chetdan kelib hech kim hech qachon qilib bermaydi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2018, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют