» » Hindiston janubi-g‘arbidagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 ga yaqinlashdi

Hindiston janubi-g‘arbidagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 ga yaqinlashdi


Hindistonning Kerala shtatidagi suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 37 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Keralada chorshanba kuni boshlangan kuchli yog‘ingarchilik hamon davom etmoqda. Buning oqibatida quyi joylarda joylashgan aholi yashash punktlari to‘liq suv ostida qolgan, ko‘chkilar yuz bergan.

NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chki va toshqinlar oqibatida 15,6 mingdan ortiq aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilgan, shtatda jabrlanuvchilarga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun 500 dan ortiq lagerlar tashkil etilgan.

Aholini xavfsiz joyga ko‘chirish va birinchi shoshilinch yordam ko‘rsatish ishlariga armiya, harbiy-dengiz kuchlari, harbiy-havo kuchlari, sohil qo‘riqlash xizmati jalb etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2018, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют