» » Xalqaro maqom san’at anjumanini keng yoritish uchun Matbuot markazi tashkil etiladi

Xalqaro maqom san’at anjumanini keng yoritish uchun Matbuot markazi tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yilning 7-avgust kuni Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi xabar berdi.

Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Xalqaro maqom san’at anjumani matbuot markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaror qilindi.

Xalqaro maqom anjumani Matbuot markazi:

– anjumanni keng yoritish bo‘yicha media-reja ishlab chiqadi va amalga tatbiq etadi;

– anjuman hamda uning doirasida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayoni va faoliyatini keng yoritadi;

– internet tarmoqlarida anjuman va milliy maqom san’ati rivojiga oid ma’lumotlarni joylashtiradi va muntazam boyitib boradi;

– anjuman haqida xorijiy OAVni xabardor qilib, anjumanni yoritish istagida bo‘lgan OAV xodimlariga taklifnomalar jo‘natadi va ularni o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga oladi;

– anjuman va uning doirasidagi barcha tadbirlarni OAVda keng va batafsil yoritib boradi.

Matbuot markazi faoliyatini tezkorlik bilan tashkil qilish, OAVni anjuman va mavzuga oid materiallar bilan ta’minlab borish maqsadida anjumanning www.maqomfourm.uz rasmiy sayti, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Press Centre Maqom guruhi tashkil etildi.

Bugungi kunda Shahrisabz shahrida jurnalistlarning faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlarga ega Matbuot markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Albatta, bu jarayonning yanada samarali bo‘lishini ta’minlashda ommaviy axborot vositalari vakillarining faol ishtiroki talab etiladi. Shuning uchun ham Matbuot markazi barcha OAVni hamkorlikka chorlaydi.

2018-yilning 6—10-sentabr kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ilk marotaba o‘tkaziladigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani”da ishtirok etish uchun joriy yilning 19-iyul holatiga dunyoning 15 ga yaqin davlatlari ijodiy jamoalari va yakkaxon xonandalaridan arizalar kelib tushgan haqida ma’lumot bergan edik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют