» » Davlat soliq qo‘mitasi: Toshkent shahridagi tungi klublarda soliq tushumlari eng kamida 4 barobargacha yashirilmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi: Toshkent shahridagi tungi klublarda soliq tushumlari eng kamida 4 barobargacha yashirilmoqda


Soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan xronometraj va tahlil natijalari Toshkent shahridagi tungi klublarda soliq tushumlari eng kamida o‘rtacha 4 barobargacha yashirilayotganligini ko‘rsatdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, tungi klublarning barchasi yagona soliq to‘lovchisi bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida byudjetga 1,3 milliard so‘m yoki oyiga o‘rtacha 226 million so‘mdan soliq to‘langan. Tekshiruvlar esa 6 oy davomida haqiqiy tushum 54,2 milliard so‘mni tashkil etishini ko‘rsatdi.

Korxonalar tomonidan hisobotlarida jami tovar aylanmasi hajmi 13,6 milliard so‘mni tashkil etgani ko‘rsatilib, oradagi farq summasi 40,6 milliard so‘mdan iborat. Bu 4,1 milliard so‘m soliqlar byudjetga to‘lanmadi degani.

Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida har bir tungi maskanlarda mijoz tomonidan bir dona stolni band qilish uchun norasmiy majburiy buyurtma (obyazalovka) mavjudligi aniqlangan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘rtacha bir kishi bitta stolni band qilishi uchun 137,4 ming so‘mlik to‘lovni amalga oshirishi lozim.

O‘rindiqlar soni o‘rtacha 50 tadan hisoblanganda bir kunda 254,2 million so‘m va bir oy davomida shunday faoliyat amalga oshirilsa 7,6 milliard so‘m, 6 oy davomida esa 45,7 milliard so‘mni tashkil etadi. Bu yana 4,5 milliard so‘m soliq degani.

Bular hali hammasi emas. Tungi klublar hisobotlarda ishlayotgan xodimlarini 10?11 nafardan ko‘rsatgan bo‘lsada, haqiqatda 20?25 nafar xodim mehnat qiladi. Ularga ham konvertda berilayotgan ish haqiga daromad solig‘i hisoblanadigan bo‘lsa, o‘rtacha 250 million so‘mga yaqin soliq summalari to‘lanmagani ma’lum bo‘ladi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan barcha subyektlarga nisbatan ogohlantirish xatlari yuborilib, nazorat tadbirlari davom ettiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют