» » GM Uzbekistan narxlarni qayta ko‘rib chiqayotgani bois avtomobillar sotuvini to‘xtatib qo‘ydi

GM Uzbekistan narxlarni qayta ko‘rib chiqayotgani bois avtomobillar sotuvini to‘xtatib qo‘ydi


GM Uzbekistan kompaniyasi narxlarning kutilayotgan oshishi bilan bog‘liq noaniqlik sabab avtomobillar savdosini to‘xtatib qo‘ygan. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov Xalqaro press-klubning 30-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida avtomobillarning narxi 1-avgustdan o‘rtacha 14 foizga oshishini e’lon qilgan edi. Jamoatchilikning keskin muhokamalari va tanqidlaridan so‘ng, kompaniya avtomobillari narxi 1-avgustdan oshmasligini bildirdi.

O‘zAning kuzatuvlariga ko‘ra, avtosalonlarda mashina sotib olish uchun shartnomalar berilishi to‘xtatib qo‘yilgan. Bundan tashqari, shu kunlarda mashina bozorlarida avtomobillarning narxi o‘sayotgani aytilmoqda.

“GM Uzbekistan zavodi avtomobillarining narxi o‘zgargani yo‘q. 30-iyul kuni Xalqaro press-klubda muhokama qilingan avtomobil narxlari masalasi hozirda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda har tomonlama, narx oshishining ijobiy va salbiy tomonlarini inobatga olgan holda o‘rganib chiqilmoqda. Narxlar oshishi kutilmoqda, shuning uchun aniq narx-navolar belgilanmagani sabab mijozlar bilan shartnomalar tuzish hozircha to‘xtatilgan”, — deb O‘zAning murojaatiga javob bergan “O‘zavtosanoat” axborot xizmati rahbari.

Kompaniya vakillarining qo‘shimcha qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil narxlari bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlar va avtomobillar narxi bo‘yicha prays-list haqiqiy emas, chunki avtomobillarning narxi hali hisoblab chiqilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2018, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют