» » O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 21—22-avgust kunlari nishonlanadi

O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 21—22-avgust kunlari nishonlanadi


O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami joriy yilning 21—22-avgust kunlarida nishonlanadi. “Daryo” manbasi xabar berishicha, bu haqda Qurbon hayitini nishonlash va hashar o‘tkazishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida Bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qilgan.

Qurbon hayti munosabati bilan hayit namozi o‘qiladigan 2 mingga yaqin masjidlarda, 8,5 mingdan ortiq muqaddas qadamjolarda, qabristonlarda, shuningdek, istirohat bog‘lari, bozorlar va odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda aholi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish vazifasi qo‘yildi.

Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan barcha masjidlarda fuqarolarning ibodat qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish masalasi ko‘tarildi.

Mahalla faollari, ayniqsa yoshlarni jalb etgan holda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniy va yolg‘iz keksalarning xonadonlariga borib xolidan xabar olish; bozorlarda savdo xizmatini yuqori saviyada yo‘lga qo‘yish, narx-navoning sun’iy ravishda oshishining oldini olish tadbirlariga alohida e’tibor qaratish; har bir tuman, mahalla, ovul va qishloqlardagi yordamga muhtoj nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, kam ta’minlangan oilalarga hamda “Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish; Qurbon hayiti kuni masjidlarda tez tibbiy yordam xizmatini tashkil etish; joylarda tashkil etiladigan savdo rastalari va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash vazifalari qo‘yildi.

Qurbon hayti munosabati bilan ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar (nogironlar, yetimlar, yolg‘iz keksalar, nafaqaxo‘rlar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar)ga davlat tomonidan ajratilgan nafaqalarning o‘z vaqtida tarqatilishini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish, aholi bayramni tinch va osoyishta kutib olishi uchun kerakli barcha zarur sharoitlarni yaratish, hayit nomozi o‘qilishi belgilangan masjidlarda jamoat tartibini saqlash, tadbirlar paytida masjidlar atrofida avtortansport vositalarini tartibli joylashtirish va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют