» » Dunyoning yashash eng qulay bo‘lgan shaharlari reytingi tuzildi

Dunyoning yashash eng qulay bo‘lgan shaharlari reytingi tuzildi


Buyuk Britaniyaning The Economist jurnali Global Liveability Ranking 2018 — dunyoning yashash eng qulay bo‘lgan shaharlari reytingini e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Birinchi o‘rinda Avstriya poytaxti Vena, ikkinchi o‘rinda Avstraliyaning Melburn shahri, uchinchi o‘rinda esa Yaponiyaning Osakasi joylashdi.

Reytingning birinchi o‘nligiga, shuningdek, Kalgari (Kanada), Sidney (Avstraliya), Vankuver (Kanada), Tokio (Yaponiya), Toronto (Kanada), Kopengagen (Daniya) va Adelaida (Avstraliya) kirdi.

Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari tegishli ravishda 68 va 70-pog‘onalarni egalladi. Yashash uchun eng nomaqbul shahar, The Economist talqini bo‘yicha, Suriyaning Damashq shahri bo‘ldi.

Reyting sog‘liqni saqlash darajasi, madaniy rivojlanish, atrof-muhit tozaligi, ta’lim, infratuzilmaning rivojlanish darajasi kabi qator ko‘rsatkichlarga asoslangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют