» » Mutaxassislar dunyodagi yashash uchun eng yaxshi shaharni aniqladi

Mutaxassislar dunyodagi yashash uchun eng yaxshi shaharni aniqladi


Yangi Zelandiyaning Vellington shahri Deutsche Bank tahlilchilari versiyasiga ko‘ra, dunyodagi yashash uchun eng yaxshi shahar deb topildi. Bu haqda “Stuff.co.nz” portali xabar berdi.

Ekspertlar jahonning turli shaharlarini tirikchilikka yetadigan eng oz mablag‘, havoning ifloslanganlik darajasi, iqlim, ko‘chmas mulk narxi, jinoyatchilik va sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq vaziyat kabi mezonlar bo‘yicha tahlil qildi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida Shotlandiya poytaxti Edinburg joylashdi. Avstriyaning Vena shahri yetakchilar uchligiga yakun yasadi. To‘rtinchi o‘rinda Avstraliyaning Melburn, beshinchi o‘rinda esa Shveysariyaning Syurix shahri joylashdi.

Yuqori o‘nlikka Kopengagen (Daniya), Ottava (Kanada), Boston (AQSh), Amsterdam (Niderlandiya) va Sidney (Avstraliya) ham kirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют