» » The Telegraph eng yaxshi ko‘cha ovqati sotiladigan dunyodagi 10 ta shahar nomini ma’lum qildi

The Telegraph eng yaxshi ko‘cha ovqati sotiladigan dunyodagi 10 ta shahar nomini ma’lum qildi


The Telegraph gazetasi dunyodagi eng yaxshi ko‘cha ovqatlari sotiladigan 10 ta shahar ro‘yxatini tuzdi. O‘rinlar belgilanmaydigan ro‘yxatga yaqinda CNN telekanali tomonidan bu yo‘nalishda dunyoda eng yaxshi deb topilgan Bangkok shahri ham kirdi.

Tailand poytaxti ko‘chalaridagi ovqatlar kamdan-kam hollarda xo‘randalar ko‘nglini qoldiradi.

Top o‘nlikka Kuala-Lumpur ham kirdi. Shaharning ko‘cha ovqatlari hind, xitoy va malay oshxonalarini o‘zida birlashtiradi.

Shuningdek, reytingga Marrakesh, Pekin, Xanoy, Gonkong, Istanbul, Mexiko, Port-Lui va Tokio kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Tailand poytaxti Bangkok rasmiylari ko‘chalardan oziq-ovqat rastalarini olib tashlashga qaror qilgani ma’lum qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют