» » O‘zbekistondagi eng arzon mol go‘shti Nukus bozorida, eng qimmati esa “Qo‘yliq”da

O‘zbekistondagi eng arzon mol go‘shti Nukus bozorida, eng qimmati esa “Qo‘yliq”da


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markaziy bozorlarida sotilayotgan oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlarining bugungi kundagi holatini e’lon qildi.

Mamlakat bozorlarida 1 kilogramm mol go‘shti 26 ming so‘mdan 43 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. Eng arzon narxlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi bozorlarida uchratish mumkin — 26 ming so‘m.

Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida 1 kilogramm mol go‘shti 26 — 39 500 so‘m. O‘tgan haftada ushbu bozorda 1 kilogramm mol go‘shti 26 — 42 ming so‘mdan sotilayotgani kuzatilgandi.

Toshkent shahrining “Farhod”, “Mirobod”, “Yunusobod”, “Chorsu”, “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida 1 kilogramm mol go‘shti 28 ming so‘mdan 42 ming so‘mgacha sotilmoqda. O‘tgan haftada eng arzon narxlardagi mol go‘shti faqat “Qo‘yliq” bozorida (28 ming so‘m) sotilgan bo‘lsa, endilikda ushbu narxlardagi mol go‘shtini barcha bozorlardan sotib olish mumkin.

Qizig‘i, respublika bo‘yicha eng qimmat narxlarda sotilayotgan mol go‘shti bu haftada “Qo‘yliq” dehqon bozorida uchradi. “Mirobod” bozorida 42 ming, “Yunusobod” bozorida 41 ming, “Farhod” bozorida 40 ming, “Chorsu” bozorida 39 mingga sotilayotgan shu sifatdagi 1 kilogramm mol go‘shti “Qo‘yliq” bozorida 43 ming.

Eng arzon narxlardagi qo‘y go‘shti poytaxtning “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu” bozorlarida 28 ming so‘mdan sotilmoqda. Eng qimmat narxlardagi qo‘y go‘shtini ham Toshkent shahar bozorlarida uchratish mumkin: “Yunusobod” bozorida 44 ming so‘m, “Qo‘yliq” bozorida 45 ming so‘m.

Eng arzon narxdagi tovuq go‘shti Namangan shahrining “Sardoba” dehqon bozorida — 12-14 ming so‘m. Eng qimmat narxlar Toshkentning “Farhod” dehqon bozorida — 14-21 ming so‘mgacha.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют