» » Shahrisabzda o‘tadigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani”ning ramziy belgisi tasdiqlandi

Shahrisabzda o‘tadigan “Xalqaro maqom san’ati anjumani”ning ramziy belgisi tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3391 sonli hamda 2018-yil 6-apreldagi “Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3656-sonli qarorlariga asosan Shahrisabz shahrida joriy yilning 6—10-sentabr kunlari “Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda anjumanga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in tus olgan. Jumladan, milliylikni o‘zida aks ettiruvchi liboslar, aktyorlar joylashuvi va hudud atrofida ularning yurishlarini tashkil etish, Oqsaroy hududidagi maydonlarni hududlar kesimida taqsimlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan anjumanda ishtirok etish uchun xududiy ijodiy-ishchi guruhlarni tuzib, o‘z hududiga xos bo‘lgan milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlari aks etgan ssenariy va dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va unga asosan musiqiy ketma-ketlik va videoroliklarini tayyorlash kabi bir qator vazifalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish ustida ish olib borilmoqda.

Anjumanning ramziy belgisi tasdiqlandi, anjuman sovrindorlariga topshiriladigan diplom, sertifikat loyihalari, statuetka namunalarini ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Tashkiliy qo‘mitaga kiritildi.

Anjuman uchun maqom san’ati haqida ma’lumotlarga asoslangan “Maqom nima?” kitobi (3 ta tilda — o‘zbek, rus, ingliz) yaratildi va nashrga tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6–10-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan. Xalqaro maqom san’ati anjumani birinchi marta o‘tkaziladi. Matbuot markazi faoliyatini tezkorlik bilan tashkil qilish, OAVni anjuman va mavzuga oid materiallar bilan ta’minlab borish maqsadida anjumanning www.maqomfourm.uz rasmiy sayti, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Press Centre Maqom guruhi tashkil etilgani haqida ma’lumot bergan edik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют