» » “To‘rtligi” ishdan olingan Uychi tumaniga hokim tayinlandi

“To‘rtligi” ishdan olingan Uychi tumaniga hokim tayinlandi


Xalq deputatlari Uychi tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so‘zga chiqdi.

2017-yildan beri viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Muhammadayubxo‘ja Apaqov Uychi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Muhammadayubxo‘ja Apaqov 1968-yilda Namangan viloyati, Chortoq tumanida tug‘ilgan. 1994- yili Toshkent moliya instituti, 2004-yili Namangan davlat universiteti, 2008-yili Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi, huquqshunos.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun tumandagi “to‘rtlik” — tuman hokimi Abdug‘ani Turdiyev, tuman prokurori Baxtiyor Abdurahimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ravshan Yusubjonov va tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Rasuljon Otaxonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2018, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют