» » “Eng katta xavf — ichki dushman”. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning asosiy ichki dushmani kimligini aytdi (video)

“Eng katta xavf — ichki dushman”. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning asosiy ichki dushmani kimligini aytdi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Shayxontohur tumani faollari bilan uchrashgan edi. Uchrashuv davomida Davlat rahbari Toshkent har jihatdan butun O‘zbekistonga o‘rnak shahar bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. Ayni vaqtda, faollarni, rahbarlarni yurt, xalq ravnaqi yo‘lida sadoqat bilan mehnat qilishga chaqirdi.

Meni bitta niyatim — Toshkent, poytaxtimiz o‘ziga munosib o‘rnini egallashi kerak. Qog‘ozda emas, hisobotda emas, ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, amalda. Havosi ham, muhiti ham, adolatligi ham, vatanparvarligi ham mana shunday katta davlatimizga o‘rnak bo‘lishi kerak. Do‘st achitib gapiradi. Nimaga desangiz, Shayxontohur tumanining tarixi juda ulug‘.

Sizlar tumaningizga munosib bo‘lishingiz kerak. Har bir mahallaning raisi ilmli bo‘lishi kerak. O‘zimizga o‘zimiz ko‘p-ko‘p muammolar tug‘dirganimiz rost, qonunlarimiz ishlamagani rost. Adolatsizlik, byurokratiya, korrupsiya — bu rost gaplar. Meni kim alday oladi — men pastda yurgan odamman. Vaqt eng katta hakam. Lekin shu vaqtni yutqazsak, bizga hech kim ishonmaydi.

Eng katta xavf dunyoda — ichki dushman. Kim ichki dushman? Befarq odam! Xudo befarqlikdan saqlasin. Xudo taolo o‘sha befarq odamga ham insof berib, o‘zining, farzandlarining ertangi kunini farovon qilishga belini mahkam bog‘lab ishlasa, albatta natija bo‘ladi. Sizlar ishoninglar, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Shu niyatni amalga oshirish uchun sizlar yelkadosh bo‘lib, bugungi gaplardan xulosa qilsalaring, albatta natija bo‘ladi.

Xudo taolo hamma narsani ko‘rib, yurtga, xalqiga sadoqat bilan mehnat qilgan rahbarlarga o‘zining barokatini har vaqt beradi. Shunga inonsak, shunga ishontirolsak, muvaffaqiyat bizniki. Vatanining kamolini ko‘rishdan ortiq baxt yo‘q o‘zi bu dunyoda. Men shu narsalarning hammasini hamrohlikda, birgalikda ko‘rishimiz nasib etsin, deb sizlar bilan xayrlashaman. Sog‘ bo‘linglar!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “Prezident nima uchun kerak?” degan savolga javob berdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют