» » O‘zbekistonda “Yashil cho‘l laboratoriyalari” tashkil etiladi

O‘zbekistonda “Yashil cho‘l laboratoriyalari” tashkil etiladi


Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining cho‘l hududlarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Uning ilovasida “Yashil cho‘l laboratoriyasi” konsepsiyasi keltirilgan. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Farmon loyihasi Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Fanlar Akademiyasining Botanika instituti tomonidan o‘rganib chiqildi va respublikaning cho‘l hududlarida “Yashil cho‘l laboratoriyasi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi innovatsion takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Mazkur loyiha bo‘yicha birinchi navbatda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi cho‘l hududida zamonaviy innovatsion cho‘l laboratoriyasini tashkil qilish ko‘zda tutilmoqda. Hududlarni bosqichma-bosqich cho‘l o‘simliklari dunyosi bilan boyitib borish, issiq iqlim sharoitiga moslasha oladigan o‘simlik turlarini ko‘paytirish loyihaning asosiy maqsadlaridan biridir. Shuningdek, hududda hayvonot dunyosini ortga qaytarish, qorako‘lchilik uchun ozuqa bazasini yaratish, bio xilma-xillikni oshirish vazifasi ham qo‘yilgan.

Bundan tashqari, ekin yerlarni qo‘riqlash choralarini ko‘rish, cho‘llanish holatlarini yumshatish, ekoturizm va agroturizmni rivojlantirish ham loyiha doirasidagi muhim masalalardan.

Loyiha amalga tushgach, cho‘l hududlaridan unumli foydalanish natijasida respublikada o‘simliklar qoplami kengayishi va cho‘llanish holatlari kamayishi kutilmoqda. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlari va tajriba laboratoriyasi o‘rtasida amaliy hamkorlik tashkil qilinadi. Keng maydonlarni ko‘kalamzorlashtirish va qorako‘lchilik uchun ozuqa bazasini yaratish choralari ko‘riladi. Ekoturizm va agroturizmni rivojlantirish ustida ish olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют