» » Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi bozorda katta yoshli ayol o‘g‘rilikda gumonlanib, olomon tomonidan kaltaklandi (video)

Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi bozorda katta yoshli ayol o‘g‘rilikda gumonlanib, olomon tomonidan kaltaklandi (video)


Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov Facebook‘dagi sahifasida Andijon viloyatining Shahrixon tumanida katta yoshli ayolning o‘g‘rilikda gumonlanib, olomon tomonidan kaltaklangani holatiga o‘z munosabatini bildirdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda bugun tarqalgan yana “bozorchi”lar tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon tumanida o‘g‘rilikda gumonlanib, olomon tomonidan samosud qilinayotgan katta yoshli ayol qochish uchun o‘zini soyga tashlab, oqib ketgani aks etgan video tarqaldi.

Bu videoda o‘g‘rilikda gumonlangan ayol olomon tomonidan kaltaklanayotgan.

Insonlar borgan sari, ilmsizlik va dunyoqarashining torligidan tubanlashib bormoqda. Aqli raso inson hazm qilolmaydigan ishlar bo‘lmoqda.

Oldin ta’kidlaganimdek, kim bo‘lishidan qa’ti nazar bunday holatga yo‘l qo‘yilishi mumkin emas! Hech qachon!

Jamiyat u qanday jamiyat bo‘lmasin, albatta qonun-qoida asosida, tartib-intizom bilan yashashni istaydi, shundagina millat, xalq birligi, totuvligiga erishiladi.

Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi shart”, — deb yozdi u.

Avvalroq deputat Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumon qilingan shaxs qo‘lidan osib qo‘yilgani aks etgan video yuzasidan ham o‘z fikrini bildirgan edi.

Ша?рихонда ў?риликда гумонланиб, оломон томонидан самосуд ?илинаётган катта ёшли аёл ?очиш учун ўзини сойга ташлади ва о?иб кетди https://t.me/joinchat/AAAAADv7jmaa_ECIP2kiTA

Geplaatst door Protoday.uz op Donderdag 16 augustus 2018



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют