» » O‘zbekiston Germaniyaning Globalis Erlebnisreisen turkompaniyasi bilan hamkorlikni qayta tiklamoqda

O‘zbekiston Germaniyaning Globalis Erlebnisreisen turkompaniyasi bilan hamkorlikni qayta tiklamoqda


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Germaniyaning Globalis Erlebnisreisen yetakchi turkompaniyasi rahbari Xartmut Pil bilan uchrashdi, deb yozadi Spot. Uchrashuvda “O‘zbekiston havo yo‘llari” vakili ham qatnashdi.

Tomonlar Yevropadan sayyohlar oqimini oshirishga imkon yaratuvchi bir qator masalalarni, xususan, Frankfurt—Urganch—Toshkent—Frankfurt kombinatsiyalangan yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni tashkil etishni muhokama qildi.

Dastlab O‘zbekistonga har biri 100 kishidan iborat 16 ta guruhni jo‘natish rejalashtirilmoqda. Hamkorlikning keyingi bosqichida Germaniyaning turli shaharlaridan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslari ochilishi mumkin.

Globalis Erlebnisreisen bilan muvaffaqiyatli hamkorlik 2016-yilgacha davom etgan va texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan edi. Uchrashuv samarali hamkorlikning qayta tiklanishiga imkon yaratishi kerak, uning doirasida Yevropadan O‘zbekistonga faqat bitta kompaniya tomonidan yuboriladigan turistlarning umumiy soni 3 mingdan oshadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют