» » Toshkentda Koreya kvartali paydo bo‘ladi

Toshkentda Koreya kvartali paydo bo‘ladi


Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Janubiy Koreyaning Triple Crown Group kompaniyasi boshqaruvchisi Chon Kyong Sik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muloqot davomida Toshkent shahrida zamonaviy mehmonxona kompleksini qurish loyihasining amalga oshirilishi muhokama qilindi.

Koreya tomoni poytaxda barpo etilishi rejalashtirilayotgan Korean Town loyihasi haqida batafsil ma’lumot berdi. Dunyoning ko‘plab davlatlarida Koreya kvartallari mavjud ekanligiga e’tibor qaratdi.

Investorlar Toshkentdagi Koreya kvartalida barcha sharoitlar, jumladan, koreys sayyohlari uchun gid-tarjimonlar, Koreya va Yevropa taomlari taqdim etilishi ta’minlanishini bildirdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari avgust oyida Nukus, sentabrda esa Farg‘ona va Namangan shaharlariga charter reyslari yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Mazkur reyslar bilan 200 dan ortiq kishi, jumladan, sayyohlar, biznesmenlar va investorlar kelishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2018, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют