» » Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkentda yangi bog‘chaning ochilishi bo‘lib o‘tadi

Janubiy Koreya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkentda yangi bog‘chaning ochilishi bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin 16-mart kuni Janubiy Koreyaning New Millennium kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.

Qayd etishlaricha, uchrashuvda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi mas’ullari va “ToshuyjoyLITI” kompaniyasi vakillari ham qatnashgan.

Tomonlar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 324-sonli maktabgacha ta’lim muassasini Janubiy Koreya loyihasi asosida kapital ta’mirlash yuzasidan fikr almashgan.

140 o‘ringa mo‘ljallangan bu bog‘cha faoliyati 2010-yilda to‘xtatilgan, 2015-yildan boshlab undan tuman xalq ta’limi bo‘limi ma’muriy binosi sifatida foydalanilgan.

Bog‘chani ta’mirlash ishlari ikki oy ichida yakuniga yetishi hamda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje Inning may oyida O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrifi davomida uning ochilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют