» » Janubiy Koreya O‘zbekiston bolalariga beg‘araz asosda 2 mingta pianino taqdim etadi

Janubiy Koreya O‘zbekiston bolalariga beg‘araz asosda 2 mingta pianino taqdim etadi


O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Janubiy Koreyada qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Nashrga bergan intervyusida vazir maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy asosga qurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston uchun Janubiy Koreyaning bu yo‘nalishdagi tajribasi muhim bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

“Maktabgacha ta’lim vazirligi — mutlaqo yangi idora, biz ishni noldan boshladik, va biz uchun chet el, shu jumladan, Janubiy Koreya tajribasi muhim”, — dedi Agrippina Shin.

“Bu yerda biz bolaning erta rivojlanishining barcha aspektlari alohida e’tibor va nazorat ostidaligini ko‘rdik. Asosiysi — munosabat, bolaga mehr. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola rivojlanishi va uning xavfsizligi uchun hamma ish amalga oshirilgan. Ayniqsa inklyuziv ta’limga bo‘lgan e’tiborni qayd qilmoqchiman”, — qo‘shimcha qildi vazir.

Uning ta’kidlashicha, ikki tomon ham O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifidan ko‘p narsa kutmoqda.

Bundan tashqari, Shin xonimning xabar berishicha, bolalarning rivojlanish sharoitlarini yaxshilash maqsadida 22-noyabr kuni Seulda O‘zbekistonga 2 mingta pianino beg‘araz asosda topshirilishi borasida kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют