» » Maktabgacha ta’lim vazirligiga Agrepina Shin rahbar etib tayinlandi

Maktabgacha ta’lim vazirligiga Agrepina Shin rahbar etib tayinlandi


Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator Agrepina Shin maktabgacha ta’lim vaziri etib tayinlandi. Bu haqda hukumatdagi manbasiga tayanib, “Gazeta.uz” nashri xabar bermoqda.

Shu paytga qadar xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Sobitxon Turg‘unov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 30-sentabrdagi qarori bilan tashkil etildi.

Vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat tarmoqlarini kengaytirish, ularni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olinishini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dastur va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют