» » Maktabgacha ta’lim muassasalari endi bolalarni 3 yoshdan qabul qiladi

Maktabgacha ta’lim muassasalari endi bolalarni 3 yoshdan qabul qiladi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-sonli “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan maktabgacha ta’limga taalluqli bo‘lgan 4 ta nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma.

Maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi quyidagilardir:

Maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoidaga ko‘ra, bolalarning quyidagi muddatda bo‘lishi joriy etiladi:

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga 3—7 yoshdagi bolalar qabul qilinadi (ilgari ushbu yosh 2—6 yoshni tashkil etar edi, ba’zi holatlarda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning qatnashiga yo‘l qo‘yilardi).

Bolalarni qabul qilish uchun qabul komissiyalari tuziladi. Mazkur komissiyalar 5 nafar a’zodan iborat bo‘ladi:

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan 7 kun muddatda ko‘rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

Qabul komissiyasining qarori haqida 3 kun muddatda ariza beruvchilarga ma’lum qilinishi kerak. 

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ham davlat maktabgacha ta’lim muassasalari singari maqsadlarni bajaradi.

Mazkur muassasalar belgilangan tartibda litsenziya olgan paytdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Qonunchilikka muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning muassasada bo‘lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi. Qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari belgilandi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi (nizomda bolalarni qabul qilish va chiqarishning eng past va eng yuqori yoshiga nomativ tarzda belgilanmagan).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют