» » Janubiy Koreya delegatsiyasi Tashkent City’da bo‘ldi

Janubiy Koreya delegatsiyasi Tashkent City’da bo‘ldi


Koreya Respublikasi yer resurslari, infrastruktura va transport vaziri Kim Xyon Mi boshligidagi delegatsiya Tashkent City majmuasining qurilish hududida bo‘ldi. Bu haqda majmuaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Delegatsiya loyihani o‘rganib chiqish maqsadida o‘tgan hafta Toshkentga tashrif buyurgan edi. Delagatsiya tarkibiga Korea Eximbank, Korea Expressway, Hyundai Engineering Co. Ltd, POSCO Engineering and Construction, HSnK Architects Group singari yirik kompaniyalar vakillari kirdi.

Tashrif doirasida Janubiy Koreya bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Tashkent City loyihasi bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Koreya kompaniyalari vakillari loyihaga katta qiziqish bildirdi. O‘z navbatida, Tashkent City direksiyasi kompaniyalarga loyiha bo‘yicha barcha zarur ma’lumotni taqdim etishga va’da berdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-10-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют