» » Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlandi (foto)

Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlandi (foto)


Toshkentda Tashkent City ishbilarmonlik markazi qurilishi boshlandi, deya xabar bermoqda “Pisma o Tashkente” nashri Facebook foydalanuvchilaridan biriga tayanib.

Foydalanuvchi qurilish joyidan olingan bir nechta suratlar bilan bo‘lishgan. Ularda katta hududni egallagan ochiq yer maydonida borayotgan yer qazish ishlari, tuproq tashish bilan ovora bo‘lgan yuk mashinalarini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent markazidagi Alisher Navoiy, Olmazor, Furqat va Islom Karimov shoh ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar maydonni egallaydigan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi konsepsiyasi ma’qullandi.

Xabar berishlaricha, Tashkent City hududida quriladigan biznes ofislar, mehmonxonalarning balandligi 40 qavatgacha bo‘ladi, turar joy binolarining qavatlari soni esa 12 tadan oshmaydi. Qayd etish joiz, Sitining aksariyat hududi sobiq O‘qchi mahalla o‘rnini egallaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют