» » Poytaxt markazida Tashkent city xalqaro biznes markazi quriladi

Poytaxt markazida Tashkent city xalqaro biznes markazi quriladi


Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi, deb yozadi Norma.

Hujjatga muvofiq, Toshkentning A.Navoiy, Olmazor, I.Karimov va Furqat ko‘chalari bilan chegaradosh hududida Tashkent city xalqaro biznes markazi quriladi. Ushbu hududdagi barcha obyektlar investorlar, shu jumladan, xorijiy, xalqaro grantlar, texnik hamkorlik mablag‘lari, xayriyalar, kreditlar va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan quriladi.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qoshida Tashkent city xalqaro biznes markazi hududidagi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha direksiya tashkil qilindi. U loyihaga xorijiy investorlarni jalb qilish, ular bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, turar-joy va odam yashamaydigan binolarni buzish, hududlarni tozalash, yer qazish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun pudratchi tashkilotlarni jalb qiladi.

Bundan tashqari, hujjatga muvofiq Tashkent city Xalqaro biznes markazi ma’muriy kengashi tuzildi. Uning vazifalari markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat nazoratidan o‘tkazish, uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va loyihalar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatishdan iborat.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют