» » Foto: Toshkentdagi O‘qchi-mahalla o‘rnida qad rostlaydigan City’ning yangi konsept-suratlari

Foto: Toshkentdagi O‘qchi-mahalla o‘rnida qad rostlaydigan City’ning yangi konsept-suratlari


Facebook’da Toshkent markazidagi 80 gektar maydonda barpo etiladigan shaharning xalqaro ishbilarmonlik markazi — Tashkent City’ning rasmiy sahifasi paydo bo‘ldi.

Xabar berishlaricha, Tashkent City’ning qurilish konsepsiyasi tasdiqlangan. Facebook’dagi sahifada konsepsiya tasdiqlangani haqida xabar berilgan bo‘lib, unga konsepsiyaga mos binolar qad rostlagan konsept-suratlar ilova qilingan.

Bu suratlarda hozirda mavjud obyektlardan Navoiy shoh ko‘chasi yoqasida 2012-yilda qad rostlagan yetti qavatli uylarni, “Lukoyl” kompaniyasi binosini, shuningdek, “Bunyodkor” metro bekatining dumaloq shakldagi kirish-chiqish joyini ko‘rish mumkin. Ayni vaqtda, unda Kinochilar uyi binosi ko‘zga tashlanmaydi.

Xabar berishlaricha, Tashkent City hududida quriladigan biznes ofislar, mehmonxonalarning balandligi 40 qavatgacha bo‘ladi, turar joy binolarining qavatlari soni esa 12 tadan oshmaydi. Qayd etish joiz, Sitining aksariyat hududi sobiq O‘qchi mahalla o‘rnini egallaydi.

Mavzuga doir: Tashkent City’da balandligi 40 qavatgacha bo‘lgan osmono‘par binolar quriladi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют