» » Tashkent City turk me’morlari loyihasi bo‘yicha barpo etiladi

Tashkent City turk me’morlari loyihasi bo‘yicha barpo etiladi


“Tashkent City” DUK vakillari Turkiyaning Tabanl?o?lu Architects kompaniyasi me’morlari bilan uchrashdi, deb yozadi “1News.uz”.

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasi konsepsiyasini tayyorlash doirasida Turkiya, Singapurdan bir qator mashhur xorijiy kompaniyalar, shuningdek, mahalliy kompaniyalar taklif etildi. Tashkent City loyihasi bo‘yicha sakkizta masterplan tayyorlanib, ko‘rib chiqish uchun respublika rahbariyatiga taqdim etildi. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha Turkiyaning Tabanl?o?lu Architects kompaniyasi masterplani tasdiqlandi.

Tabanl?o?lu Architects kompaniyasi me’morlari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Loyiha tafsilotlari muhokama qilinib, ishlarning yangi bosqichi boshlanish muddati belgilandi. Me’morlar oldida ishlarning navbatdagi bosqichini belgilangan muddatda bajarish vazifasi turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent markazidagi Alisher Navoiy, Olmazor, Furqat va Islom Karimov shoh ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar maydonni egallaydigan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi konsepsiyasi ma’qullandi.

Toshkent seysmik faol hududda joylashgani va shaharning tarixan shakllangan me’moriy qiyofasi mavjudligidan kelib chiqib, Tashkent City konsepsiyasi tabiat bilan hamohanglik va zamonaviy urbanistik g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan. Unda ish bilan bog‘liq faollikning yashil shahar g‘oyalari, suvning salqini, hordiq uchun xiyobonlar bilan uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Shulardan kelib chiqib, biznes ofislari, mehmonxona va apartamentlar uchun mo‘ljallangan baland binolar qavatlari sonini 40 tadan, turar joy binolari qavatlari sonini esa 12 tadan oshirmaslikka qaror qilindi. Bundan tashqari, kompleks hududida konferens va ko‘rgazma markazlari, gipermarket, ko‘plab savdo maydonlari, restoran va kafelar bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-10-2017, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют