» » Marketing premium 2017 iste’molchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan brendlarni aniqladi

Marketing premium 2017 iste’molchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan brendlarni aniqladi


Toshkentdagi City Palace mehmonxonasida “Milliy marketing markazi” korxonalar assotsiatsiyasi va “Potrebitel.uz” hamjamiyati tomonidan tashkil etilgan Marketing premium 2017 tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir mutasaddilari ma’lum qildi. 

Mazkur tadbir doirasida “Potrebitel.uz” hamjamiyatidagi marketing tadqiqotlari dasturining ilk yakunlari ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda hamjamiyatda turli faoliyat yo‘nalishlarida 100 ga yaqin reytinglar bo‘lib, ularda eng yaxshi kompaniyalar uchun ovoz berish emas, balki tavsiyalar hisob-kitobi va muhokamalarda kompaniyalar nomi eslab o‘tilishi inobatga olinadi. 

ScalarisMedia kompaniyasi tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchilar bilan muloqot uchun” nominatsiyasida “Korzinka.uz”, NextMall, Beeline, Ucell va Uzonline vakillari yetakchilik qildi. 

“Potrebitel.uz” reytinglarida peshqadamlik qilgan kompaniyalar rahbarlari va marketologlari hamjamiyatning maxsus esdalik nishonlari hamda diplomlari bilan taqdirlandi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют