» » Janubiy Koreya O‘zbekistonning turizm salohiyati va imkoniyatini yuqori baholaydi

Janubiy Koreya O‘zbekistonning turizm salohiyati va imkoniyatini yuqori baholaydi


Toshkentdagi City Palace mehmonxonasida “Turizm siyosati amaliyoti” mavzuida seminar tashkil etilib, unda O‘zbekistonning sayyohlik imkoniyati, Janubiy Koreyaning bu sohadagi tajribasi xususida so‘z bordi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash respublika markazi, Janubiy Koreya Madaniyat, sport va turizm vazirligi hamda Janubiy Koreya Milliy turizm tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

“Janubiy Koreya sayyohlik tajribasini o‘rganish” treningi doirasida o‘tkazilayotgan turli tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘zaro tajriba almashish, sohaga yangi metod va texnologiyalarni jalb qilish, sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat. O‘zbekistonning turizm salohiyati va imkoniyatini yuqori baholaymiz. Turizmga qaratilayotgan alohida e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoit, maxsus seminar-treninglar mamlakatingizda mazkur sohaning yanada taraqqiy etishiga xizmat qiladi.

Choi Seok Bum, Janubiy Koreya Milliy turizm tashkiloti direktori o‘rinbosari

Anjumanda O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari, o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Janubiy Koreya Kyonxi va Sejong universitetlari professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalari tinglandi.

Seminar doirasida hujjatli filmlar namoyish etildi, taqdimotlar, mahorat darslari, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют