» » OAV: Xitoy AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatilishiga javoban sayyohlarning Janubiy Koreyaga borishini cheklaydi

OAV: Xitoy AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatilishiga javoban sayyohlarning Janubiy Koreyaga borishini cheklaydi


Xitoy Seul tomonidan mamlakatda AQShning THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatilishi rejalashtirilayotganiga javoban sayyohlarning Janubiy Koreyaga safarlariga cheklov o‘rnatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Yonhap agentligining Koreya turizm tashkilotiga tayanib ma’lum qilishicha, 2-mart, payshanba kuni Xitoyning yirik sayyohlik agentliklari hukumatdan Janubiy Koreyaga yo‘llanmalar sotishni to‘xtatish haqida ko‘rsatma olgan. 

Xitoyliklarning 40 foizga yaqini Janubiy Koreyaga agentliklar orqali yo‘llanma oladi. Individual tarzda safar qiladigan qolgan 60 foiz sayyohlardan yarmi vositachilar xizmatiga ehtiyoj sezadi. Shu bois Seul yangi cheklov choralari Janubiy Koreyaga boradigan xitoyliklar sonini ikki barobar kamaytirib yuborishidan xavotir bildirmoqda.

Koreya turizm tashkilotiga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatga 8,06 million xitoylik sayyoh tashrif buyurgan va har biri o‘rtacha 2,4 ming dollar xarajat qilgan. Shu tariqa, ularning soni ikki barobar kamayishi Janubiy Koreyani 9,63 milliard dollardan mahrum etadi. 

Опубликовано: admin (3-03-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют