» » Janubiy Koreya KXDR harakatlariga javoban o‘zining ballistik raketasi sinovini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqadi

Janubiy Koreya KXDR harakatlariga javoban o‘zining ballistik raketasi sinovini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqadi


Janubiy Koreya KXDR harakatlariga javoban o‘zining ballistik raketasi sinovini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. 

12-fevral, yakshanba kuni KXDR raketasi uchirilganiga javoban xavfsizlikka tahdidning oldini olish va Shimolning har qanday tajovuziga qarshi turish qat’iyatimizni namoyish etish choralarini ko‘rib chiqmoqdamiz. Gap 300 kilometr masofaga yetib boradigan Hyunmoo-2A yoki 500 kilometr radiusda harakatlanadigan Hyunmoo-2B raketalari sinovi haqida ketmoqda.

Mamlakat mudofaa vazirligi vakili

Shuningdek, 800 kilometrgacha bo‘lgan nishonni mo‘ljalga olish, KXDRning istalgan yadro va raketa obyektlariga oldindan zarba berishga qodir yangi ballistik raketaning sinov tariqasidagi uchirilishi ham istisno etilmadi. Bunday raketalarni yaratish jarayoni yakuniy bosqichda bo‘lib, mamlakat qurolli kuchlariga shu yil yetkazib berilishi mumkin.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют