» » Sirdaryo viloyatida 2016-yil 719 ta tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyatini tugatdi

Sirdaryo viloyatida 2016-yil 719 ta tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyatini tugatdi


Sirdaryo viloyatida 2016-yilda 1215 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan bo‘lsa, 719 tasi o‘z faoliyatini tugatdi, yana 717 tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmayapti. Bu haqda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Sirdaryo viloyati Kengashi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi, deb xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.

Muloqot o‘rganishlar davomida aniqlangan muammoli masalalarni hal etishga qaratildi.

Xususan, tadbirda tadbirkorlikka xizmat qiluvchi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi institutlari – tijorat banklari, konsalting, marketing, injiniring, lizing va sug‘urta tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati mutasaddi organlari ishtirokida hududdagi kichik tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatini tugatish va to‘xtatganlik sabablari atroflicha muhokama etildi.

Davra suhbatida o‘z faoliyatida turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar vakillari tomonidan atroflicha tushuntirish berildi. Aniq amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tadbir davomida partiya faollari tomonidan joylarda aniqlangan masalalar yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar tomonidan aniq choralar ko‘rilishi belgilab olindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют