» » “Buxoro” “Lokomotiv”ga, “Qo‘qon-1912” esa “Neftchi”ga yutqazib qo‘ydi, “Metallurg”da yana g‘alaba

“Buxoro” “Lokomotiv”ga, “Qo‘qon-1912” esa “Neftchi”ga yutqazib qo‘ydi, “Metallurg”da yana g‘alaba


Bugun, 17-avgust sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasi birinchi bosqichining so‘nggi, 22-tur bahslariga start berildi. Kun taqvimidan o‘rin olgan 4 uchrashuv ham yakuniga yetdi.

Toshkentda “Bunyodkor” “So‘g‘diyona” bilan kurash olib borib, irodali durangga erishdi. “Qaldirg‘ochlar” 0:2 hisobida ortda borib, yakunda 2:2 hisobini qayd etdi.

Farg‘onada muxlislar “Vodiy derbisi”ni guvohi bo‘ldi. “Neftchi” “Qo‘qon-1912”ni o‘z maydonida qabul qilib, 70-daqiqada Doston Toshmatovning goli sabab g‘alabaga erishdi.

Yana bir uchrashuvda Olmaliqning AGMK jamoasi o‘z uyida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri “Buxoro” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda “temiryo‘lchilar” 66-daqiqada Sanjar Shoahmedovning goli sabab 3 ochkoli bo‘lishdi.

Pepsi Superliga

22-tur bellashuvlari

17-avgust, juma

Gollar: 0:1—33 Ruslan Melziddinov, 0:2—58 Sanjar Rashidov, 1:2—62 Anvar G‘ofurov, 2:2—72 Mirjahon Mirahmadov.

Gollar: 1:0—70 Doston Toshmatov. ?

Gollar: 0:1—17 Islom Isoqjonov, 1:1—25 Milosh Trifunovich, 2:1—36 Vladislav Kasminin, 2:2—44 Islom Isoqjonov, 2:3—50 Shahzod Shaymanov.

Gollar: 0:1—66 Sanjar Shoahmedov.

18-avgust, shanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2018, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют