» » “O‘zeltexsanoat”: Samarqanddagi “Sino” zavodi bankrot emas, balki kuzatuvda

“O‘zeltexsanoat”: Samarqanddagi “Sino” zavodi bankrot emas, balki kuzatuvda


“O‘zeltexsanoat” AK axborot xizmati Samarqanddagi “Sino” zavodining bankrot deb e’lon qilinganligi to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berdi.

Samarqand shahar iqtisodiy sudi tomonidan 2018-yil 7-avgustda “Sino” AJning arizasini qabul qilish, bankrotlik ishini qo‘zg‘atish hamda korxonada kuzatuv jarayonini joriy etish to‘g‘risida ajrim qabul qilingan. Biroq bankrotlik ishi qo‘zg‘atish bu bankrot deb e’lon qilish degani emas.

Xususan, “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasiga asosan qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotganda quyidagi taomillar qo‘llaniladi: kuzatuv, sud sanatsiyasi, kelishuv bitimi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish.

Ushbu qonunning 75-moddasi talablariga ko‘ra “Sino” AJda joriy etilgan kuzatuv jarayoni tugatilgandan so‘ng iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.

Mazkur qonun doirasida qarzdorni bankrot deb e’lon qilishdan oldin uning mulkiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash hamda kelgusida barqaror ishlab ketishi uchun sud sanatsiyasi, kelishuv bitimi va tashqi boshqaruv taomillari mavjud bo‘lib, ulardan qaysi birini “Sino” AJga nisbatan qo‘llash faqatgina sud va kreditorlar tomonidan hal qilinadi.

Shuningdek, qonunning 51-moddasiga ko‘ra faqtgina sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar bo‘lmagan taqdirda, iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi.

Demak, “Sino” AJda endigina kuzatuv taomili joriy etilganligini inobatga olib, ushbu korxona bankrot deb e’lon qilindi, deyishga asoslar mavjud emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют