» » Rossiyadagi “ZUMK-Injiniring”ning O‘zbekistonda hibsga olingan direktori bankrot deb tan olindi

Rossiyadagi “ZUMK-Injiniring”ning O‘zbekistonda hibsga olingan direktori bankrot deb tan olindi


Perm arbitraj sudi Rossiyadagi “ZUMK-Injiniring” kompaniyasi direktori Aleksandr Pozdeyevni bankrot deb tan oldi va unga tegishli mol-mulkni realizatsiya qilish haqida qaror chiqardi. Pozdeyevni bankrot deb deb e’lon qilish haqida talabnoma “Promsvyazbank” tomonidan kiritilgan. Bu haqda RBKga tayanib, Spot xabar bermoqda.

Kompaniyaning bankdan qarzdorligi 114,6 million rublni tashkil qilgan. Pozdeyevning umumiy qarzdorligi 827 million rublga teng, uning mol-mulki esa 50,2 million rublga baholangan.

Pozdeyev “ZUMK-Injiniring”ning 95 foiz ustav kapitaliga (65,7 million rubl) egalik qiladi. Qolgan 5 foizlik kapital (3,5 million rubl) Anna Pozdeyevaga tegishli.

“Zumk-Injiniring” — “Zumk” (G‘arbiy Ural mashinasozlik konserni) tarkibidagi korxonalardan biri. “Zumk-Injiniring” 2007-yildan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘istonda kaliy shaxtalarini qurish va loyihalashtirish bilan shug‘ullangan.

“Zumk” prezidenti Aleksandr Pozdeyev 2014-yil mayda O‘zbekistonda hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dehqonobod kaliy zavodi MChJ bosh direktori Hamidulla Shermatov “Zumk-Injiniring” MChJning bankrotlikka uchragani borasida rasmiy pozitsiyasini e’lon qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют