» » Vladimir Putin va Dmitriy Medvedev daromadlari haqida hisobot berdi

Vladimir Putin va Dmitriy Medvedev daromadlari haqida hisobot berdi


Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Rossiya davlat rahbari 2016-yilda 8,858 million rubl ishlab topgan. Hujjatga maydoni 15 sotixga teng yer uchastkasi, 77 kvadrat metrli xonadon va 18 kvadrat metrli garaj Putinning xususiy mulki sifatida kiritilgan. Harakatlanish mulki sifatida GAZ M-21, GAZ M-21-P, “Niva” avtomobillari va “Skif” tirkamasi qayd etilgan.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev esa 2016-yil 8,587 million rubl ishlab topgan. 2015-yilda ushbu ko‘rsatkich 8,8 million rublga teng bo‘lgan. Medvedevning maydoni 367,8 kvadrat metrga teng xonadonga egalik qilishi, 47 sotixli yer uchastkasini ijaraga olgani qayd etildi. Shuningdek, u ikki yengil avtomobil — 1948-yilda ishlab chiqarilgan “Pobeda” (GAZ-20) hamda 1962-yilda ishlab chiqarilgan “Volga” (GAZ-21) avtomobillariga egalik qiladi.

Medvedevning turmush o‘rtog‘i Svetlana Medvedeva ikkita (16,2 va 16,3 kvadrat metrli) avtomobillar to‘xtab turish joyiga hamda Volkswagen Golf yengil avtomobiliga egalik qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют