» » Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar olib boradi

Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Dmitriy Medvedev bilan muzokaralar olib boradi


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 5-aprel kuni Moskvada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

“Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligidagi hamkorlik, investitsiyaviy, infratuzilmaviy va boshqa qo‘shma loyihalar, shuningdek, o‘zaro manfaatli boshqa qator masalalarni muhokama qiladi”, — deyiladi Rossiya Vazirlar Mahkamasi rasmiy saytida e’lon qilingan axborotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4—5-aprel kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют