» » “Kommersant”: Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskvaga keladi

“Kommersant”: Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskvaga keladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni davlat tashrifi bilan Moskvaga keladi. Bu haqda, Rossiya davlat tuzilmalaridagi ikki manbaga asoslanib, “Kommersant” nashri xabar bermoqda.

“Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi tashrifga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqladi, biroq aniq sanani ma’lum qilmadi”, — deyiladi “Kommersant” xabarida.

Bu Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti sifatida Rossiyaga ilk tashrifi bo‘ladi. U Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.

Shuningdek, xabar berishlaricha, O‘zbekiston Prezidenti Moskvadagi Pushkin nomidagi muzeyda “Nukus xazinasi. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyi to‘plamlaridan namunalar” ko‘rgazmasi ochilishida qatnashadi.

Tashrif davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik, harbiy-texnikaviy aloqalar, shuningdek, madaniyat va turizm sohasidagi munosabatlar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 21:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют