» » Osiyo o‘yinlari—2018. Jakartadagi ochilish marosimidan ekslyuziv fotogalereya

Osiyo o‘yinlari—2018. Jakartadagi ochilish marosimidan ekslyuziv fotogalereya


Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 18:08 da Jakartada Osiyo o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi boshlandi. XVIII yozgi Osiyo o‘yinlariga tarixda ilk bor ikkita shahar – Jakarta va Palembang mezbonlik qilmoqda.

Rasmiy marosimda Gelora Bung Karno Stadium’ni boshqa ishtirokchilar qatorida O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham tantanali tarzda aylanib o‘tdi. Bokschi Isroil Madrimov mamlakat delegatsiyasi bayroqdori vazifasini bajarib berdi.

Qayd etish lozim, O‘zbekistondan 331 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning ochilish marosimida delegatsiyaning 50 nafarga yaqin a’zosi qatnashdi. “Daryo” muxbiri xabariga ko‘ra, paraddagi ishtirokchilarning kamroq bo‘lishi bir necha sabablar bilan bog‘liq.

Jumladan, Indoneziyaning issiq va o‘ta nam ob-havosi sportchilarning terlashiga olib keladi, buning natijasida organizmdan ko‘p miqdorda tuz va boshqa foydali moddalar chiqib ketadi. Shuningdek, terma jamoaning barcha a’zolari Jakartada joylashgan emas. Masalan, futbolchilar Bagorda, eshkak eshuvchilar, kanoyechilar va tennischilar Palembangda. Boisi, ular aynan musobaqasi bo‘ladigan joylarga yaqin joylashgan. Albatta, qulay bo‘lishi uchun. Yana bir asosiy sabablardan bir esa musobaqadagi ishtirokini ertadan boshlaydigan sportchilar ayni paytda mashg‘ulotlarga asosiy e’tiborini qaratmoqda. Barchasi o‘ylangan holda O‘zbekiston delegatsiyasi bir muncha ixchamroq tarkibda ochilish marosimida qatnashdi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchilar 30 sport turi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. 19-avgust sanasidan boshlab, suzish, ushu, erkin kurash, o‘q otish, qilichbozlik, akademik eshkak eshish va tennis bahslarida sportchilar o‘z ishtiroklarini boshlaydi.

Jakarta-2018da O‘zbekistonlik atletlar quyidagi sport turlarida medallar uchun kurashadi (qavs ichida sportchilar soni ko‘rsatilgan): kanoye / sprint (23), eshkak eshish (22), dzyudo (20), futbol (20), yengil atletika (17), jiu-jitsu (17),taekvondo (16), gandbol (16), erkin kurash (16), kurash (15), suv polosi (13), og‘ir atletika (13), boks (11), penchak silat (11), karate (10), velosport / shosse va trek (10), sinxron suzish (10), tennis (9) sambo (8), triatlon (6), sport gimnastikasi (7), o‘q otish (5), suzish (5), golf (5), kanoye / slalom (4), ot sporti (4), qilichbozlik (4), badiiy gimnastika (4), gimnastika / trampolin (4), ushu (4), suvga sakrash (1), badminton (1). Jami – 331 nafar sportchi.

B galgi Osiyo o‘yinlarida jami 40 ta sport turi bo‘yicha 67 ta yo‘nalishda bellashuvlar o‘tkaziladi. Jami 465 ta medallar jamlanmasi uchun Osiyo olimpiya kengashiga a’zo barcha 45 mamlakat vakillari kurash olib borishadi. Musobaqaga tashrif buyurgan sportchi, murabbiy va rasmiy shaxslarning umumiy soni 15 mingdan oshadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2018, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют