» » Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi

Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston termasining joriy yilning 18-avgustidan 2-sentyabriga qadar Indoneziyadagi yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilingani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi (INASGOC) bugun, 26-iyul sanasida futbol bo‘yicha guruh bosqichi uchrashuvlari taqvimini ma’lum qildi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 14-avgust kuni birinchi tur doirasida Bangladesh terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston terma jamoamizning guruh bosqichidagi uchrashuvlari sanasi va vaqti:

14-avgust

1-tur

O‘zbekiston – Bangladesh

Jakarta. “Pakansari” stadioni

Boshlanish vaqti: 14:00

16-avgust

2-tur

Qatar – O‘zbekiston

Jakarta. “Pakansari” stadioni

Boshlanish vaqti: 17:00

19-avgust

3-tur

Tailand – O‘zbekiston

Jakarta. “Pakansari” stadioni

Boshlanish vaqti: 17:00

O‘yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, XVIII Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi Jakartadagi “Gelora Bung Karno Stadium”da 18-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 18:08(Toshkent vaqti bilan – 16:08) da boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют