» » Senegal — O‘zbekiston uchrashuvi vaqti o‘zgardi. O‘yin 21:30 da boshlanadi

Senegal — O‘zbekiston uchrashuvi vaqti o‘zgardi. O‘yin 21:30 da boshlanadi


Avval xabar berilganidek, bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokashning Kasablanka shahrida Senegal terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Aslida ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanishi e’lon qilingan edi.

Ammo “Championat.asia”ning ma’lumotlariga ko‘ra, Senegal — O‘zbekiston uchrashuvi hozircha noma’lum bo‘lgan sabablar tufayli Toshkent vaqti bilan 21:30 ga ko‘chirilgan.

Demak, O‘zbekiston milliy terma jamoasining bugungi o‘yinini Toshkent vaqti bilan 21:30 dan boshlab kuzatib borish mumkin bo‘ladi.

Xabarda qayd etilishicha, bu o‘zgarish Sport-TV telekanali teledasturlarida muammo keltirib chiqaradi. Sababi, bugun 20:00 da O‘zbekiston va Keniya olimpiya terma jamoalari Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadionida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Sport-TV esa mazkur bahsni ham to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etilishini ma’lum qilgandi.

Endi esa milliy terma jamoa ishtirokidagi o‘yin O‘zbekiston va Keniya olimpiya terma jamoalari uchrashuvi tugab ulgurmasdan boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-03-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют