» » Bugun O‘zbekiston termasi BAA bilan o‘ynaydi. Uchrashuv translyatsiyasi Sport-TV dasturlaridan joy olmagan

Bugun O‘zbekiston termasi BAA bilan o‘ynaydi. Uchrashuv translyatsiyasi Sport-TV dasturlaridan joy olmagan


Bugun — 14-noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Al-Aynda BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.

“Championat.asia” bergan xabarga ko‘ra, bellashuvni Sharjah Sport HD telekanali jonli namoyish etadi. Biroq o‘rtoqlik uchrashuvining O‘zbekistonda ko‘rsatilishi masalasi so‘roq ostida qolmoqda.

MTRKning Sport-TV telekanali BAA — O‘zbekiston o‘yinini haftalik dasturga kiritmagan. Kompaniyaning rasmiy sayti 18:00 dan boshlab telekanal “Sog‘lom turmush tarzi” ko‘rsatuvini efirga uzatishi haqida ma’lumot bermoqda. Sport yangiliklari, “Texnosport” dasturi va voleybol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari ham shu oraliqdan joy olgan.

“Daryo”ning telekanaldagi manbasi Sport-TV O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuvni ko‘rsatish uchun harakat qilayotgani haqida aytib o‘tdi. Biroq bu holatning ijobiy yakun topishi uchrashuv boshlanishi arafasida ham ma’lum bo‘lmasligi katta ehtimol. Barcha masala telemarkaz texnikasi bilan bog‘liq. Telekanal xodimlari bu borada ochiq kanal topa olsa, yuqoridagi dasturlar o‘rnida BAA — O‘zbekiston uchrashuvi namoyish etilishi mumkin.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют