» » “Sport-TV” JCh—2018 saralashidan o‘rin olgan 3 ta o‘yinni jonli, 1 tasini yozib olib namoyish etadi

“Sport-TV” JCh—2018 saralashidan o‘rin olgan 3 ta o‘yinni jonli, 1 tasini yozib olib namoyish etadi


MTRKning “Sport” telekanali JCh—2018 yo‘lida kurash olib borayotgan Osiyo mamlakatlari ishtirokidagi saralash o‘yinlaridan 4 tasini namoyish etadi. Rejaga ko‘ra, O‘zbekiston joy olgan guruhdagi barcha uchrashuv translyatsiya qilinadi.

Toshkent vaqti bilan 16:00 da Janubiy Koreya va Suriya termalari maydonga chiqib keladi. Tomonlarning Malayziyada bo‘lib o‘tgan ilk o‘yinida hisob ochilmagandi. O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub etgan bu ikki jamoaning Seuldagi takroriy o‘yini jonli ko‘rsatiladi.

18:00 da esa “Sport” O‘zbekiston — Qatar uchrashuvini olib beradi. Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladigan Eron — Xitoy o‘yini esa 29-mart kuni 21:30 da ko‘rsatiladi. Bu bilan muxlislar O‘zbekiston termasining bo‘lajak raqiblari haqida qisman tasavvur hosil qilishi mumkin bo‘ladi.

Bugun — 28-mart kuni 22:30 da Saudiya Arabistoni va Iroq termalari o‘zaro maydonga tushadi. Garchi O‘zbekistonning guruhidan joy olmagan bo‘lsa ham, “Sport” bu ikki mamlakat futbol jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni ham jonli ko‘rsatadi. Qayd etish kerak, Saudiya termasi Yaponiya, Avstraliya, BAA kabi kuchli raqiblar bor guruhda peshqadam bo‘lib turibdi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют