» » Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekiston Tailandni ham mag‘lub etdi (video)

Osiyo o‘yinlari—2018. O‘zbekiston Tailandni ham mag‘lub etdi (video)


Bugun, 19-avgust sanasida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ?Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining 3-turida Tailand terma jamoasiga qarshi kurash olib bordi.

Rasmiyatchilik uchun 3-tur o‘yinida qatnashgan Haydarov shogirdlari 17-daqiqada Zabihillo O‘rinboyevning goli sabab, Tailandni ham mag‘lub etdi va guruhda yuz foizlik natija ko‘rsatdi.

Ilk turda o‘zbekistonlik futbolchilar Bangladesh terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ikkinchi turda esa Qatar 6:0 hisobida tor-mor etildi. Shu tariqa olimpiyachilar muddatdan avval guruhda birinchi o‘rinni egallagan edi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda esa Bangladesh termasi Qatar ustidan 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Osiyo o‘yinlari—2018

“B” guruhi?, 3-tur bellashuvi

19-avgust, yakshanba

Tailand — O‘zbekiston 0:1

Gol: 0:1—17 Zabihillo O‘rinov.

Aniq amalga oshirilmagan penalti: Jaloliddin Masharipov (40)

Tailand: Kvanchay Suklom, Pavi Tansatemi, Suriya Singmuy, Shinnafat Liao, Fitivat Sukjitsummakul, Nopfon Fonkam, Vorachit Kanitsribumfen (Montri Promsavat, 69), Chenrop Shamfaodi (Sapachay Shayded, 60), Chayavat Buran (Tanasit Siripala, 84), Rattanokorn Maykami, Supachok Sarachat.

O‘zbekiston: Botirali Ergashev, Rustamjon Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov, Akromjon Komilov (Abbosjon Otaxonov, 55), Jaloliddin Masharipov, Odiljon Hamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev, Javohir Sidiqov (Xurshid G‘iyosov, 81), Ikromjon Aliboyev, Azizbek Turg‘unboyev (Dostonbek Hamdamov, 58), Dostonbek Tursunov

Ogohlantirishlar: Shinnafat Liao (28), Kvanchay Suklom (40) — Rustamjon Ashurmatov (90+4)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют