» » Nukusda tarkibida reabilitatsiya markazi bo‘lgan ixtisoslashgan bolalar bog‘chasi ochiladi

Nukusda tarkibida reabilitatsiya markazi bo‘lgan ixtisoslashgan bolalar bog‘chasi ochiladi


Orolbo‘yi bolalari uchun Nukus shahrida tarkibida reabilitatsiya markazi bo‘lgan 120 o‘rinli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etiladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Muassasa imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish hamda ularni jismoniy va intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqib tarbiyalash va reabilitatsiya qilish uchun sinov loyihasi shaklida tashkil etilmoqda.

Tashkil etilajak muassasa ixtisoslashgan ko‘p profilli MTM va reabilitatsiya markazidan tarkib topib, unga tarbiyalanuvchilar haftasiga 5 kun 9 soatdan qabul qilinadi. MTMga tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida 2?7 yoshli bolalar qabul qilinadi.

Reabilitatsiya markazi ko‘p profilli shifoxonalar yo‘llanmasi bo‘yicha bolalarga pulli ambulator yordam ko‘rsatishi ham mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-08-2018, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют