» » Prokuratura “O‘zbekiston havo yo‘llari” xodimlari Bangkokda ortiqcha yuk uchun qo‘shimcha to‘lovni qonuniy undirgan deb topdi

Prokuratura “O‘zbekiston havo yo‘llari” xodimlari Bangkokda ortiqcha yuk uchun qo‘shimcha to‘lovni qonuniy undirgan deb topdi


O‘zbekiston transport prokuraturasi tomonidan M.Subhanovning “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari harakatlaridan norozi bo‘lib yozgan arizasi o‘rganib chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

M.Subhanov o‘z arizasida 2018-yil 11-iyul kuni “Bangkok—Toshkent” yo‘nalishidagi reysga ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng uchib ketish zalida aeroport ishchilari va “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari F.Sultonov va Sh.Bo‘rixo‘jayev tomonidan to‘xtatilib, qo‘l yuki ruxsat etilgan me’yordan ortiqligi sababli qo‘shimcha to‘lov amalga oshirish lozimligi, aks holda reysdan qoldirilishini aytishganligi, shundan so‘ng majburan 100 AQSh dollari to‘laganligi, undan qo‘shimcha to‘lov undirilganidan norozi ekanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda fuqaro M.Subhanovdan undirilgan qo‘shimcha to‘lov qonuniy undirilib, g‘aznaga kirim qilinganligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Bangkok shahridagi xodimlari F.Sultonov va Sh.Bo‘rixo‘jayev tomonidan qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilmaganligi aniqlangan va bu haqda ariza muallifiga javob berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют