» » Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylar oilasidan xabar olindi

Xizmat vaqtida halok bo‘lgan harbiylar oilasidan xabar olindi


Qurbon hayiti munosabati bilan Mudofaa vazirligi tizimida mustaqillik yillarida o‘z xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalaridan xabar olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi

Jumladan, Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ullari, Markaziy, Toshkent, Sharqiy, Shimoli-g‘arbiy va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari qo‘mondonliklari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmalari, harbiy qism va jamoat vakillari bilan birgalikda o‘z jonini Vatan tinchligi yo‘lida fido etgan qahramonlarning oilalari bilan suhbatlar uyushtirdi. Ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

Shahar va tuman hokimliklari, xotin-qizlar qo‘mitalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” jamg‘armasi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan hamkorlikda ssenariylar tuzildi va xonadonlarda xotira tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Buxoro garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari va xizmat burchini bajarish vaqtida vafot etgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari bilan “Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi!” mavzusida Buxoro viloyati Yoshlar markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Marhum harbiylar xonadonlariga qilgan tashriflar marhumlar oila a’zolarini ko‘nglini tog‘dek ko‘targan bo‘lsa, tashrifdan xabar topgan mahalla faollari, marhumlar yaqinlari va iqtidorli yoshlar uchun yana bir tarbiya maktabini o‘tadi, deyiladi vazirlik xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют