» » Apple yangi hamyonbop Mac mini chiqaradi

Apple yangi hamyonbop Mac mini chiqaradi


Apple kompaniyasi joriy yilning kuzida yangi hamyonbop Mac mini kompyuterlarini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Qurilmalar professional foydalanish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Bloomberg agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yangilangan Mac mini yangi protsessor va xotiraga ega bo‘ladi, bu esa uning ishi samarasini oshiradi. Biroq u 2005-yildan keyingi modelga nisbatan qimmatroq bo‘ladi. Ayni paytda bu modelning narxi 500 dollarni tashkil qiladi. So‘nggi marta kompaniya Mac mini’ni 2014-yilda yangilagan.

Bundan tashqari, Apple kuzgi taqdimotga iPhone’ning yana uchta modelini, yirikroq ekranli Apple Watch soatini, yangilangan planshetlarni, shuningdek 13 dyuymli Retina displeyiga ega MacBook Air’ning yangi talqinini tayyorlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2018, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют