» » Rossiya va Tojikiston Sharqiy Pomir tog‘larida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Rossiya va Tojikiston Sharqiy Pomir tog‘larida harbiy mashg‘ulotlarni boshladi


Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasida havo hujumiga qarshi mudofaa mashg‘ulotlari boshlandi, deb yozadi Sputnik.

“Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasida havo hujumiga qarshi mudofaa bo‘linmalari ishtirokida past uchuvchi nishonlarni havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari bilan yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv mashqlari boshlandi. Harbiy xizmatchilarning manyovrlar chog‘idagi bosh vazifasi — shartli dushmanning havo nishonlarini aniqlash, tutib qolish va yo‘q qilish”, — deyiladi Markaziy harbiy okrug xabarida.

Harbiy xizmatchilar dushmanning havo hujumi vositalarini o‘rganishi, ulargacha bo‘lgan balandlik va uzoqlikni aniqlashi, o‘t ochish pozitsiyalarini egallash va ularni niqoblash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishi, shuningdek, qo‘riqlanadigan bo‘linmalar tarkibida havo hujumiga qarshi mudofaa harakatlari bo‘yicha malakalarni oshirishi kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют