» » Xorazmda Cobalt avtokran bilan to‘qnashdi

Xorazmda Cobalt avtokran bilan to‘qnashdi


Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida 21-avgust kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi Q.R. o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasini “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Qo‘ng‘irot—Beyneu” yo‘lining 481-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.M. boshqaruvidagi “MAZ-5334” rusumli avtokranning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada Cobalt avtomashinasi yo‘lovchilari, haydovchining onasi N.R. va uning ayol qarindoshi G.D.lar jarohat olib voqea joyida halok bo‘lganlar, shuningdek qolgan yo‘lovchilar U.Q. va M.K. ismli ayollar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 22-avgust kuni soat 00:30 larda yo‘lovchilardan biri U.Q. kasalxonada vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2018, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют